TOShKENT, 3 apr - Sputnik. Samarqand shahrida yashovchi yuz yoshni qarshi olgan Qarshiyev Narziqul ota koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Eldor Muhammadiyev ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, yuz yoshli otaxon vaksinalashga birinchilardan bo‘lib rozilik bergan va emlanganidan uch kun o‘tib, o‘zini yaxshi his etmoqda.
Shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Ahmadjon Bobojonov bugun otaxonning holidan xabar olgan. Otaxonga nogironlik aravachasi tortiq etilgan.
V Samarkande stoletniy jitel goroda Narzikul Karshiyev privilsya ot koronavirusa
© Press slujba Samarkandskogo oblastnogo upravlenie zdravooxraneniya RUz
Otaxon bundan yuz yil burun sodir bo‘lgan "ispanka" epidemiyasining so‘nggi yilida tavallud topgan. Shuningdek, Rossiyadagi oktabr inqilobi va Ikkinchi jahon urushini ham boshdan kechirgan.
Eslatib o‘tamiz, emlash jarayonlarida fuqarolar kerakli tibbiy tekshirulardan o‘tkazilib, so‘ngra emlashga ruxsat berilmoqda.
Vaksina olgan fuqarolar kunlik nazoratda bo‘lib, hozirga qadar hech qanday nojo‘ya ta’sir kuzatilgani yo‘q.
O‘zbekistonda 1-apreldan ommaviy emlash tadbirlari boshlangan edi.