Belarusda sevgilisi yoniga qochib ketgan xizmatdagi askar qidirilmoqda

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy yuk mashinasini boshqargan holda poligonni tark etgan.
Sputnik
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Belarus mudofaa vazirligi mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda o‘zboshimchalik bilan xizmatni tashlab ketgan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarni qidirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.
"Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy yuk mashinasini boshqargan holda poligonni tark etgan. Taxminlarga ko‘ra, u sevgan qizi yashaydigan manzil – Poloskiy tumani (Vitebsk viloyati) tomon yo‘l ", - deyiladi vazirlikning Telegram-kanalida.
Xabarda ta’kidlanishicha, avtomobil harakat yo‘nalishi bo‘ylab tezkor ravishda “Tutish” rejasi e’lon qilingan.
Avtoulov qatnov yo‘li yoqasida topilgan. "Ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda qidiruv ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, harbiy xizmatchi xizmat davri davomida hech qachon tanbeh eshitmagan, bo‘linmada unga ijobiy xarakteristika berilgan.
Vazirlik xabariga ko‘ra, huquqbuzarlikka tergov ishlari doirasida tegishli baho beriladi.