TOShKENT, 2 apr — Sputnik. 2023 yilgi boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati Toshkentda o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasida AIBA prezidenti Umar Kremlov ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Xalqaro havaskorlar boks assotsiatsiyasi rahbari e’lon qildi.
Bunday nufuzli musobaqa nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ilk bora tashkil etiladi.
Avvalroq, Toshkent 2021-yilda ikkita jiddiy turnir - sambo bo‘yicha Osiyo chempionati iyun oyida, noyabr oyida esa jahon chempionatiga mezbonlik qilishi ma’lum bo‘lgandi.