Markaziy Osiyoda eng yirik: O‘zbekistondagi ShES quvvati yanada oshadi

“Masdar” kompaniyasi shamol elektr stansiyasi quvvatini 1,5 GTtga oshiradi.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) “Masdar” kompaniyasi tomonidan O‘zbekistondagi shamol elektr stansiyalari bo‘yicha o‘z loyihasi quvvatini 1,5 GVtgacha oshirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Toshkentda 1-aprel kuni Markaziy Osiyoda eng yirik shamol parki qurilishiga doir qaror qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda videomurojaat bilan Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umrzakov, Energetika vaziri Alisher Sultanov, BAAning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha maxsus elchisi hamda sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri doktor Sulton Ahmad Al Jobir, BAA Energetika va infratuzilma vaziri E. Suxayl Al Mazruyey ishtirok etdi.
Qoraqalpog‘istonning ikkinchi mo‘’jizasi: noyob "Taxiatosh" IESga fotosayohat
Loyiha quvvatini kengaytirish to‘g‘risidagi kelishuv investor - Masdar kompaniyasi bosh direktori Muhammad Jamil Al Ramohiy va O‘zbekiston tomonidan A.Sultanov imzoladi.
2020 yilda “Masdar” kompaniyasi O‘zbekiston hukumati bilan quvvati 500 megavatt (MVt) bo‘lgan shamol elektr stansiyasi, mamlakatda toza energiya sohasidagi ikkinchi keng ko‘lamli loyiha va Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi loyihasini ishlab chiqish, qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlar imzoladi. Loyiha 600 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi.
Yangi kelishuv imzolanishi bilan Navoiy viloyatining Zarafshon tumanida joylashadigan loyiha quvvati 1,5 GVtga oshdi, bu kelgusida O‘zbekistonga 2030-yilga borib shamol elektr stansiyalari (ShES) hisobiga 3 GVtgacha elektr energiyasi ishlab chiqish bo‘yicha maqsadlariga erishishga yordam beradi.
Zarafshondagi quvvati 500 MVt bo‘lgan ShES 2024-yil oxiriga kelib ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur quvvat hisobiga ShES 500 000 ta uy-joy ta’minoti uchun yetarli bo‘lgan elektr energiyasi hajmini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu shuningdek, atmosferaga yiliga 1,1 mln tonnagacha karbonat angidrid gazi chiqarilishining oldini olishga yordam beradi.