TOShKENT, 2 apr — Sputnik. O‘zbekiston Bishkek erkin iqtisodiy zonasida tikuvchilik fabrikasi ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 2 million dollarlik investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
25-29 mart kunlari O‘zbekiston uyushmasi va to‘qimachilik korxonalari vakillari "Bishkek" erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurishdi. Mutaxassislar biznes yuritish shartlari, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibi bilan tanishdi va ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘zdan kechirishdi.
Bishkek EIZning bosh direktori Kudret Taychabarov, "Nil-Granit" (SAMO brendi) kompaniyasi rahbari Akrom G‘aniyev (O‘zbekiston) va "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi rahbarining o‘rinbosari Doniyor Xabibullayev qo‘shma hujjatni imzoladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Qirg‘izistonda yirik tikuvchilik fabrika ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 2 million dollar investitsiya kiritadi.
Fabrikada YeOII davlatlariga va undan tashqariga barcha xalqaro standartlarga muvofiq eksport qilinadigan kiyim-kechaklar ishlab chiqariladi.