Niderlandiyada AstraZeneca bilan emlangan ayol vafot etdi

Niderlandiyada AstraZeneca vaksina bilan emlanganidan so‘ng ayol vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Niderlandiyada AstraZeneca vaksina bilan emlangan ayol vafot etdi. Bu haqda Gollandiyaning Lareb tadqiqot markazi xabar qildi. RIA Novosti.
Ta’kidlanishicha, o‘lim o‘pka emboliya va trombotsitlar sonining kamayishi natijasida sodir bo‘ldi.
AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganidan keyin 25 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan besh nafar ayolda tromboz va trombotsitlar kamayish holatlari aniqlandi.
Fransiyada AstraZeneca bilan emlangan talaba vafot etdi
Lareb markazi ma’lumotlariga ko‘ra, tromboz va trombotsitlar kamayishi alomatlari emlashdan so‘ng 7 va 10 kun orasida paydo bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda YeIning ayrim davlatlari salbiy asoratlar tufayli AstraZeneca bilan emlashni to‘xtatilgandi. Yevropaning vakolatli tashkiloti barcha holatlarni tekshirmoqda, ammo hozirgacha emlashni davom ettirish mumkin deb hisoblaydi.