Toshkentda COVID-19ga qarshi emlash qanday bo‘lib o‘tmoqda

1 apreldan O‘zbekistonda ommaviy emlash boshlandi. Birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va ichki ishlar xodimlar emlanadi.
Sputnik
1 / 10

Sergeli tumani 10-oilaviy poliklinika qoshidagi kunduzgi shifoxona bo‘limi koronavirusga qarshi emlash ishlari jalb etildi.

2 / 10

Aholiga barcha qulayliklar yaratilgan. Ularga vaksina haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.

3 / 10

Erkaklar va ayolllar uchun alohida xonalar ajratilgan.

4 / 10

Aholi AstraZeneca va ZF-UZ-VAC2001 vaksinalari bilan emlanmoqda.

5 / 10

May-iyun oylarida 2 million doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinalarini keltirish rejalashtirilgan.

6 / 10

Emlashdan so‘ng kuzatish puntklari ham tashkil etilgan. Ular ham ikki xonadan iborat. Ayollar va erkak uchun alohida. Emlangan kishilar yarim soat davomida kuzatuvga olinadi.

7 / 10

Birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar va koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlarini emlash ko‘zda tutilgan.

8 / 10

Bundan tashqari, surunkali kasalliklari bor aholi vakillari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini ham birinchi navbatda emlash rejalashtirilgan.

9 / 10

Emlangandan so‘ng kuzatuv xonalarida 30 daqiqa kutib turishlariga e’tibor qaratish lozim.

10 / 10

Hukumat Rossiyadan 1 million doza "Sputnik V" vaksinasi xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolanmoqda.

Sputnik muxbiri Toshkent shahri Sergeli tumani 10-oilaviy poliklinikada aholini koronavirusga qarshi emlash jarayonini kuzatdi. Aprel oyi davomida Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlaridagi 219 ta emlash punktlarida bir oyda 142,3 ming emlash o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu yerda aholi uchun barcha sharoitlar muhayyo. Erkaklar va ayollar uchun alohida xonalar ajratilgan. Emlash xonalarida biriktirilgan malaka xodimlar ish olib bormoqda.
Koronavirus infeksiyasiga qarshi quyidagi punktlarda emlanish mumkin. Emlanish ixtiyoriy va bepul.