Samarqand millionli shaharga aylanadi – Turdimov

Samarqand aholisi bir million bo‘lgan shaharga aylanadi va uning tarkibida 5ta tuman tashkil qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 1 apr - Sputnik. Samarqand aholisi bir million bo‘lgan shaharga aylanadi, dedi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov. Samarqanld viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga asosan.
Samarqand shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan "Xokim, vazir va yoshlar uchrashuvi"da yoshlar tomonidan 60dan ortiq masalalar ko‘tarildi va ularning yechimlari topildi.
Biz Samarqandni millionli shaharga aylantirmoqchimiz. Uzog‘i bilan yil oxiriga qadar, balkim undan oldinroq ham Samarqand aholisi bir milliondan ortiq shaharga aylanadi, - dedi Turdimov uchrashuvda.
Aslida hozirning o‘zida Samarqandd 1 million aholi yashaydi. Shaharga yaqin joylashgan bir necha tumanlar qo‘shilib ketgan. Biz Samarqandni bir millionli shahar qilib, uning tarkibida beshta tuman qilmoqchimiz.
Aholi soni bir million bo‘lganidan so‘ng, dunyoda bunday shaharlarning o‘z statusi bor. Har qanday biznesmen biror hududga sarmoya kiritishdan oldin, aholisi soni qancha deb qiziqadi. Shunga qarab mehnat resurslari, talabga baho beriladi.
Shu o‘rinda Erkinjon Turdimov Qozog‘istonni misol qilib keltirdi. O‘zbekistondan aholisi ikki barvar kam bo‘lsa-da, 3ta millionli shahri bor – Olma-Ota, Astana va Chimkent. Bizda esa bitta – Toshkent, deydi hokim.