Rossiyada qonunga rioya qiladigan migrantlarni chiqarib yuborishdan himoya qilishmoqchi

Davlat Dumasi qizil chiroqdan o‘tib ketganlik uchun xorijliklarni oilasidan ayirmaslik kerak deb hisoblaydi.
Sputnik
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Rossiya IIV qonun chiqaruvchilar birgalikda uncha katta bo‘lmagan qonunbuzarlik uchun qonunga rioya qiluvchi migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishdan himoya qiladigan hujjat ustida ish olib bormoqda, deya yozadi “Parlamentskaya gazeta”.
Ta’kidlanishicha, masalan, qizil chiroqdan o‘tib ketganlik uchun xorijliklarni oilasidan ayirmaslik kerak. Shu bois ular uchun chet el fuqarolari chiqarib yuboriladigan huquqbuzarliklar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish muhim.
Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Viktor Vodolaskiyning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasining birinchi versiyasi 2021-yil aprelida tayyor bo‘lishi kerak.
Migrantlarga doir yangi qonun loyihasi tayyorlandi
Shundan so‘ng deputatlar IIV vakillari bilan hujjatni muhokama qilish uchun ishchi guruh tuzadi.
Vodolaskiyning ta’kidlashicha, Rossiyada ko‘plab xorijliklar uzoq yildan buyon yashab keladi, bu yerda ularning ishi, oilasi bor. Farzandlari dunyoga kelgan. Bugungi kunda esa jamiyat tartibiga tahdtd solmaydigan bir necha jarima migrantlarni uzoq yillarga yaqinlaridan ayirishi mumkin.
Yangi hujjat esa vaziyatni o‘zgartirish darkor.
“Agar migrant bir yil davomida ikki marta jarimaga tortilsa, uni Rossiyani uch yilga tark etishga majburlashadi. Qonunbuzarlik ikkitadan ziyod bo‘lsa, unda 5-yilga. Qayta chiqarib yuborilgan taqdirda kirish taqiqi 10-yilga uzaytiriladi”, - deya aniqlik kiritadi ekspert.
Vodolaskiy mavjud hujjatdan unchalik katta bo‘lmagan huquqbuzarliklar chiqarib tashlanishini aytdi.
Rossiyada migrantlar uchun “Gosuslugi” muqobili yaratiladi