TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘dagi ko‘hna obidalar, madaniyat va ma’rifat maskanlarini tiklash ishlariga hissa qo‘shishga tayyor. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning norasmiy sammitida ma’lum qildi.
O‘tgan yilning dekabr oyida Mirziyoyev ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyevni Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar yakunlangani bilan samimiy tabriklagan edi. Ular global va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni qo‘llab-quvvatlashga kelishib olgan edi.
O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘ zaminidagi ko‘hna obidalar, madaniyat va ma’rifat maskanlarini tiklash ishlariga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildiramiz.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil sentabr oyi oxirida yana boshlangan Tog‘li Qorabog‘ mojarosi Rossiya, Ozarbayjon va Armanistonning uch tomonlama kelishuviga asosan 10-noyabrda to‘xtatilgan edi. Shundan so‘ng hududga Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritilgan. Yerevan kelishilgan holda Agdam, Kelbajar va Lochin hududlarini Boku ixtiyoriga bergan.