TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekistonda tojik-o‘zbek chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruhlarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot markaziga asosan.
Jizzax shahrida Tojikiston va O‘zbekiston hukumat delegatsiya vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar bir necha kun - 26-31 mart kunlari davom etdi.
Kun tartibida o‘zbek-tojik chegarasini demarkatsiyasi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Manba aytgan ma’lumotga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida demarkatsiya qilish liniyasi loyihasi bo‘yicha fikr almashildi. Delegatsiya vakillari davlat chegarasi chizig‘ida chegara belgilarini o‘rnatish vaqtini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha yangi bayonnoma imzolandi, hozircha uning mazmuni ochiqlanmadi.