TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Andijon viloyatida tanishining suratini ijtimoiy tarmoqda tarqatgan qiz sud oldida javob beradi. Bu haqda Tergov departamenti matubot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli fuqaro N.T. Marhamat tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, uning tanishi 25 yoshli M.T. sha’ni va qadr qimmatini kamsitgan. Tanishi uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish maqsadida uning surati ustiga go‘yoki “Nazokat 50 000 so‘m evaziga fohishalik bilan shug‘ullanadi” degan mazmunda yozuvni Telegram᾽dagi guruhga joylagan. Bu ham yetmaganday uning telefon raqamini ko‘rsatgan.
M.T.ga nisbatan O‘zbekiston JKning 139-moddasi 3-qismi “g” bandi (Tuhmat, ya’ni g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda bila turib shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish ) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi tegishli tartibda tuman sudiga yuborilgan.