TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Ravshanjon Nasimov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Nasimov 1971-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1993-yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Ravshanjon Nasimov
© Press-slujba GNK Uzbekistana
U bunga qadar Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Anvarjon Botiraliyev Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Botiraliyev 1977-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2001-yilda Farg‘ona davlat universitetini iqtisodiyot mutaxassisligi, 2004-yilda Bank-moliya akademiyasini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Anvarjon Botiraliyev
© Press-slujba GNK Uzbekistana
U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ravshanjon Nasimov va Anvarjon Botiraliyev Soliq xizmatining I darajali maslahatchisidir.
Ularni ushbu lavozimlarga tayinlash to‘g‘risidagi farmoyishga prezident Shavkat Mirziyoyev imzo chekkan.