Fransiyada umummilliy lokdaun joriy etilmoqda

Mamlakatda koronavirus tarqalishi jadallashgani sababli kiritilayotgan umummilliy lokdaun 4 hafta davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Fransiyada to‘rt haftaga umummilliy lokdaun joriy etiladi. 3-apreldan bungacha 19 ta departamentda amal qilgan karantin Fransiyaning butun hududi bo‘ylab amal qiladi. Bu haqda prezident Emmanuel Makron millatga yo‘llagan telemurojaatida ma’lum qildi.
Fransiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bunga mamlakat bo‘ylab katta tezlikda tarqalayotgan koronavirusning britancha shtammi sabab bo‘lgan.
Butun mamlakat bo‘ylab soat 19:00 dan komendantlik soati kiritiladi, barcha xodimlar masofaviy ish rejimiga o‘tishi zarur. Shuningdek, bolalar bog‘chasi, maktab va oliygohlar yopiladi.
Dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat suratlarda
1 / 7

Turkiya. Dam olish kunlari yana komendantlik soati kiritiladi

2 / 7

Yaponiyada koronavirus tufayli joriy qilingan favqulodda holat bekor qilindi. Odamlar karantinga rioya qilgan holda sayr qilishmoqda.

3 / 7

Hindistonda koronavirus bilan kasallangan soni yana o‘smoqda. Dunyo bo‘yicha u uchinchi o‘rinda.

4 / 7

Ruminiyada ham karantin choralari kuchaytirildi. Bu esa norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi.

5 / 7

Chilida ketma-ket besh kundan buyon 7 mingdan ziyod yangi koronavirus holatlari aniqlanmoqda.

6 / 7

Filippinda ham rekord darajadagi kovid aniqlanmoqda.

7 / 7

Paragvayda ham kasallanganlar soni ortib bormoqda.

Butun hududlar bo‘ylab birinchi ehtiyojdagi buyumlar do‘konlaridan tashqari barcha do‘konlar yopiladi. Biroq kitob do‘konlari, sartaroshxonalar, uy jihozlari do‘konlariga ishlashga ruxsat beriladi.
Shuningdek, Turar joyidan zaruratsiz 10 kmdan ko‘proqqa uzoqlashish taqiqlanadi. Pasxa bayramida bu mustasno.
Fransiyada epidemiya boshlangan buyon 4,5 milliondan ziyod kishi koronavirus bilan kasallangan, 95 mingdan ziyod kishi qurbon bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada dam olish kunlari yana komendantlik soati kiritilishi xabar qilingan edi.