Emlangandan so‘ng fuqarolar 30 daqiqa kuzatuv xonasida nazoratda bo‘ladi. Virusga qarshi emlanganlarning ahvolidan shifokorlar 3 kun mobaynida xabar olishadi. Ikkinchi bosqich 12-24 kundan so‘ng amalga oshiriladi.
Birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar va koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlari emlanmoqda. Bundan tashqari, surunkali kasalliklari bor aholi vakillari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini ham birinchi navbatda emlash rejalashtirilgan.
Buning uchun mamlakat bo‘ylab 3 138 ta emlash punktlari va 862 ta harakatdagi tibbiy brigadalar ish olib bormoqda.
Emlash jarayonlari uchun 4 ming nafardan ortiq shifokor va 11 ming nafardan ortiq o‘rta tibbiyot xodimi jalb qilingan.