TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Nasrulla Babayev qurilish vazirining o‘rinbosari, Abdusamat Mo‘minov esa transport vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tegishli qarorlarga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzo chekdi.
Tayinlovga qadar Babayev vazirlikning Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida mehnat qilgan.
Bungacha esa “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha direktor hamda boshqaruv kengashi a’zosi sifatida ishlagan.
Mo‘minov esa ushbu lavozimga tayinlangunga qadar qadar Prezident administratsiyasi transport salohiyati, bojxona ma’muriyatchiligi va logistikani rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.