O‘zbekiston va Xitoy qo‘shma vaksina narxini oshkor qilmaslikka kelishib oldi

O‘zbekiston Xitoyning ZF-2001 vaksinasi hammuallifi sifatida tan olingan.
Sputnik
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining narxi bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlamaslik to‘g‘risidagi davlatlararo shartnoma imzolangan.
O‘zbekiston mazkur vaksinaning hammuallifi bo‘lgani va vaksinaning III-bosqich sinovlarida faol ishtirok etgani bois u maxsus narxlarda O‘zbekistonga sotilgan.
Ya’ni O‘zbekiston vaksinaning faqatgina ishlab chiqarish xarajatlarini qoplayapti.
Emlash birinchi bo‘lib qaysi hududlarda boshlanadi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xitoyning ZF-2001 vaksinasi hammuallifi sifatida tan olingan. Bu vaksina mamlakatda 1-mart kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va 27-mart kuni uning 1 million dozasi keltirildi. 1-apreldan bu vaksina bilan aholini emlash ishlari boshlanadi.