JSSTning Uxanga safar yakunlariga ko‘ra hisoboti: asosiy ma’lumotlar

Sputnik
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. 30-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislarning COVID-19ning kelib chiqishini aniqlash uchun Uxanga safari yakunlariga oid hisobotni e’lon qildi.
Quyida asosiy fikrlarni keltiramiz:
JSST ekspertlari virusning kelib chiqishi haqida aniq bilan to‘xtamga kela olishmadi.
Tashkilot mutaxassislari infeksiyaning laboratoriya sharoitida paydo bo‘lganini haqida versiya ehtimoli juda kam deb hisoblaydi. Ularning fikriga ko‘ra, virusning odamga “oraliqdagi tashuvchi” orqali o‘tgani ehtimoli yuqoridir.
COVID-19ning birinchi tashuvchilari, ehtimol, ko‘rshapalaklar bo‘lgan, keyinchalik virus boshqa hayvonlar organizmida o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Koronavirusning “oraliq tashuvchilari” qorako‘zan, pangolin, quyon, uy mushugi, suvsar va sassiqko‘zansimon bo‘rsiqlar bo‘lishi mumkin.
Olimlar Uxanda koronavirus muzlatilgan mahsulotlar yetkazib berish orqali paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin deb hisoblashmoqda.
Mutaxassislar aynan qaysi davrda odamlar koronavirus bilan kasallana boshlaganini aniqlay olishmadi. Hisobot mualliflari ma’lumotlariga ko‘ra, gap 2019-yil noyabr o‘rtasi va dekabr boshlari o‘rtasidagi vaqt oralig‘i haqida borishi mumkin.
Shuningdek, mutaxassislar koronavirusning yangi turi bilan kasallanish ayrim mamlakatlarda Uxanda qaraganda ilgariroq aniqlangani holatiga e’tibor qaratishdi.