Hayvonlar uchun COVID-vaksina O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazilishi mumkin

Rossiyada hayvonlar uchun COVID-vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Rossiyada COVID-19ga qarshi yana bir vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi. Uning nomi "Karnivak-Kov", vaksina hayvonlar uchun mo‘ljallangan.
Olimlar emlashdan keyin immunitet qancha vaqtgacha saqlanishini o‘rganmoqda, hozirda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, uning eng kam muddati 6 oy.
Ommaviy ishlab chiqarish aprel oyida boshlanishi mumkin.
Ayni paytda bu xush xabar butun dunyoga tarqaldi. Ba’zi davlatlar yangi vaksina istiqbollarini baholashmoqda.
O‘zbekistonda yangi vaksina zarur va uning sinov jarayonida qatnashishga tayyor ekanligi bildirildi.

"Juda zarur bo‘lgan vaksina. Biz respublikamiz hududida o‘tkaziladigan sinov jarayonida qatnashishga tayyormiz, agar u yaxshi natijalarni ko‘rsatsa, uy hayvonlarini emlash uchun foydalanishga tayyormiz"

Xabibulla Hamdamov
Davlat veterinariya qo‘mitasi hayvonlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i
Biroq mahalliy zoolog Mariya Gritsina ta’kidlashicha, hozir O‘zbekistonda hayvonlar COVID-19ni yuqtirib olish holatlari to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Shuningdek, egalarning o‘zlari jonivorlarini emlash uchun olib kelishga qanchalik tayyor ekanligini o‘rganish zarur.