TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya qurilish maydonlaridagi ishchi kuchi yetishmasligi hatto migrantlarning qaytishidan keyin ham saqlanib qoladi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin ma’lum qildi.
“Bizda qurilish-montaj ishlari hajmi o‘sishi mehnat resurslariga qaraganda ancha yuqoridir. Biz ildam o‘smoqdamiz, ish hajmlarini qo‘shapmiz, biroq bizga odamlar juda-juda yetishmaydi”, - dedi u.
Hukumat vakili hatto agar Rossiya chegaralarini ochsa va ilgari mamlakatda ishlagan xorijliklar qaytsa ham, qurilishlarda baribir mehnat migrantlari yetishmasligini ta’kidladi.
Yana bir omil, bu rossiyaliklarning qurilish sohasidagi ishlarda taklif qilinayotgan oylikka ishlashni istamasligidir.