TOShKENT, 30 mar – Sputnik. O‘zbekiston turizm sohasi tez orada inqirozdan chiqib ketadi, dedi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A.Abduhakimov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Hotel Business Forum - 2021” tadbiri doirasida.
Biz tez orada inqiroz davridan chiqib ketamiz va turizm sohasini Sizlar bilan birgalikda yana bir bor mamlakatimiz iqtisodiyotining ilg‘or sohalaridan biriga aylantiramiz va Men bunga ishonaman!, - dedi Abduhakimov.
Abduhaqimov aytishiga qaraganda COVID-19 pandemiyasi oqibatida jahon iqtisodida turizm sohasi eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalardan biri bo‘ldi. 2020-yilda turizm va mehmondo‘stlik bozori 72%ga qisqardi va 120 millionga yaqin ish joyi yo‘qotilishi xavf ostida.
O‘zbekiston hukumati turizm va mehmonxona sohalari qo‘llab quvvatlashda davom etmoqda. Pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun turizm sohasiga Hukumat tomonidan qator imtiyozlar berildi. Xususan:
2021 yilning 1-choragi davomida 110 ta joylashtirish vositasiga Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 2,6 milliard so‘m mablag‘ subsidiya qilingan.
Davlat budjetidan yangi mehmonxona tashkil qilgan 8 nafar investorga 21,3 mlrd. so‘m subsidiya ajratildi.
Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan mezonlar asosida 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar ya’ni 191 ta joylashtirish vositasiga jami 14,5 mlrd.so‘m maqsadli foizsiz ssuda ajratilishi ta’minlandi.
1750 ta tadbirkorlik subektiga mol-mulk,yer va ijtimoiy soliqlar bo‘yicha qariyb 60 milliard so‘m miqdorida imtiyozlar berildi;
aviakompaniyalarda xarajatlarning bir qismi ichki reyslar uchun aviachipta umumiy narxining 25 foizi miqdorida qoplandi;
turoperatorlar va turagentlar O‘zbekiston fuqarolari uchun uyushtiriladigan sayohatlar uchun chiptalar va poyezd chiptalarining narxi 15% miqdorida;
mehmonxonalar, yulduzlar soni, xonalar sonidan va mablag‘ining umumiy aylanmasidan qat’i nazar, umumiy aylanmaning 10 foizigacha qaytarilmoqda;
Turoperator orqali sotib olingan mehmonxonalar xizmatlari ham 10 foizlik chegirma bilan ta’minlanadi.
Ushbu subsidiyalar mamlakatdagi mehmonxona sanoatining barqaror va uzluksiz o‘sishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, yil davomida u o‘zining samaradorligini isbotladi.
Undan tashqari O‘zbekiston Hukumati tomonidan turistlar uchun “Uzbekistan Safe Travel GUARANTEED” - Ya’ni O‘zbekistonda xavfsiz sayohat kafolatlangan dasturini ishga tushirgan. Unda O‘zbekistonda kelayotgan har bir mehmonga sayohat xivfsiz o‘tishi kafolatlanadi va mehmon koronavirus yuqtirib olgan taqdirda 3000 dollar kompensatsiya to‘lanadi. Buning uchuyen maxsus jamg‘arma tashkil qilinib zahira pullab jamlab qo‘yilgan.