Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri bilan tor doiradagi muzokaralar o‘tkazmoqda

Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan mamlakatga keldi.
30 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Vengriya davlat madhiyalari yangradi.
V rezidensii Kuksaroy sostoyalas seremoniya vstrechi premyer-ministra Viktora Orbana.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari, diplomatik korpus vakillari ham hozir bo‘ldi.
V rezidensii Kuksaroy sostoyalas seremoniya vstrechi premyer-ministra Viktora Orbana.
Ayni paytda tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Vengriya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi: muzokaralardan kutilayotgan natijalar