TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiyada koronavirus bilan kasallanish ko‘rsatkichlari uchinchi to‘lqin haqida gapirishga imkon bermoqda, dedi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Tatyana Semenova.
"Afsuski, yangi koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqini 2021-yil boshini qamrab oldi. Hozir kasallanish ko‘rsatkichlari va kechishi, ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, koronavirus infeksiyasining uchinchi to‘lqini haqida gapirish mumkin", dedi u.
Shu bugun holatiga Rossiyada kasallish holatlari 4 536 820 (+8 277), vafot etganlar 98 442 (+409) va sog‘ayganlar 4 155 996 (91,6%/+9 588) tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi SOVID-19ga qarshi “Sputnik Layt” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Preparat “Sputnik” qatoriga kiradi. Uni “Sputnik V” flagmani singari Gamaleya markazida Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda inson adenovirus vektorlarining yaxshi o‘rganilgan platformasida ishlab chiqilgan.
Bundan avval Rossiya 3ta vaksinani - “Sputnik V”, “EpiVakKorona” va “Kovivak” ro‘yxatdan o‘tkazgandi.