Putin maktablarda migrant bolalar soni qancha bo‘lishi kerakligini aytdi

Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin videoanjuman shaklida Millatlararo munosabatlar bo‘yicha kengash yig‘ilishini o‘tkazdi
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya maktablarida migrant bolalar soni shuncha bo‘lishi kerak-ki, toki ularni til o‘rganishga va madaniy muhitga adaptatsiyasi imkoni bo‘lsin, shuningdek, ushbu holat bunday bolalardan iborat sinflar shakllantiriladigan Yevropa va AQShdagi singari tus olmasligi lozim, deb bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin.
"Ayrim Yevropa mamlakatlarida, xususan, Shtatlarda ham maktabda migrant bolalar soni ma’lum foizga yetgach, mahalliy aholi bu maktabdan o‘z farzandini olib ketadi... U yerlarda 100% migrant bolalari bilan komplektatsiya qilingan maktablar tashkil topadi”, - dedi Putin seshanba kuni millatlararo munosabatlar bo‘yicha kengash yig‘ilishida.
Davlat rahbari, Rossiya voqealar bunday tus olishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymasligi lozimligini qayd etib o‘tdi.
"Hozircha tayyor retseptlar yo‘q, ammo bir narsa ayon - maktablarda migrant bolalar soni shunday bo‘lishi kerakki, toki ular rossiya til muhitiga shunchaki qog‘ozda emas, balki amalda chuqur adaptatsiya qilishlari uchun imkoniyatga ega bo‘lmoqlari lozim. Faqatgina til emas, balki umuman, madaniy muhitga, ular Rossiya qadriyatlari tizimini chuqur anglashlari lozim”, - deya qayd etdi prezident.
Putin, shuningdek, Rossiyada hozircha nazoratsiz migrantlar oqimi tufayli bunday muammo o‘tkir tus olmaganini, ammo shunday bo‘lsada, bu vaziyat e’tibordan chetda qolmasligi lozimligini qo‘shimcha qilgan.
Patrushev: migrantlar oqimi Uralda islomiy radikallar faollashuviga olib kelmoqda
Putinga ko‘ra, voqealar rivojini kuzatish lozim, ayniqsa, aholisi millionga yetgan shaharlar va ayrim milliy respublikalardagi holat e’tibordan chetda qolishi kerak emas.
"Bu shunday muammolardan biriki, u mavjud masalaga amaliy nuqtayi-nazarni talab etadi”, - deya xotima qilgan davlat rahbari.