Peskov: Putin AQShning Rossiya bilan kuch yo‘li gaplashishiga yo‘l qo‘ymaydi

Kreml AQShning Rossiya bilan kuch yo‘li bilan gaplashish qo‘lidan kelmasligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘zi bilan kuch yo‘li gaplashishiga yo‘q qo‘ymaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Argumenti i fakti” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Hech kim Amerikaning Rossiya bilan kuch yo‘li bilan gaplashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Buning iloji yo‘q. Amerikaliklar hozir, duo singari, takrorlashmoqda, emishki, biz hamma bilan kuch yo‘li bilan gaplashamiz. Na Putin, na Rossiya rahbariyatining boshqa biri kim bo‘lishidan qat’i nazar biz bilan bunday gaplashishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday bo‘lishi mumkin emas”, - dedi Peskov.
Shu bilan birga u Moskva qarama-qarshiliklarga qaramasdan Vashington bilan muloqotni davom ettirishni muhim deb hisoblashishini ta’kidladi. Peskov misol tariqasida Vladimir Putinning Amerika yetakchisi Jo Baydenning yaqinda nodiplomatik ravishda gapirgan so‘zlariga bo‘lgan munosabatini keltirdi. Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida Rossiya hukumati go‘yoki Amerika saylovlariga aralashgani uchun javob berishi kerakligini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, Oq uy rahbari u Vladimir Putinni “qotil” (killer) deb hisoblaydimi degan savol “ha” deb javob bergandi.
Rossiya-AQSh munosabatlari inqiroz yoqasida
Putin bunga javoban unga sog‘lik-salomatlik tiladi va “boshqa kishilarga baho berish – oynaga qarash bilan barobar ekanini” qayd etdi. Qolaversa, Rossiya prezidenti Baydenga munozarani jonli efirda davom ettirishni taklif qilib, suhbatni paysalga solmaslikka chaqirdi.
Peskov Putin bildirgan munosabatning muddaosi amerikaliklar tomonidan javobsiz qoldirilgan suhbat tashabbusi ekanini bildirdi.
“Nuqtayi nazarimizdan, hozir asosiysi munosabatlarga yanada jarlikka qulashiga imkon bermaslik. Ular shundoq ham juda ko‘p zarar ko‘rgan, ularni biror yo‘l bilan davolash darkor. Shu bois gaplashishni boshlash lozim”, - deb hisoblaydi Kreml vakili.
AQShning Rossiya bilan hisoblashishiga to‘g‘ri keladi – Putin
Rossiya-Amerika munosabatlari an’anaviy ravishda keskin xususiyatga ega. 2014-yilda ular Ukrainadagi davlat to‘ntarilishi va Qrimning qaytarilishidan so‘ng taranglashdi. 2016-yilda AQSh prezidenti saylovlaridan keyin Vashington Moskvani aralashganlikda aybladi. Rossiya barcha ayblovlarni rad etib keladi, lekin amerikaliklar muntazam Rossiya fuqarolari, kompaniyalari va iqtisodiy sektorlariga qarshi sanksiya qo‘llab keladi. Yangi keskinlashuv Baydenning OAVga bergan bayonotidan so‘ng boshlandi, Moskva Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonovni maslahatlashish uchun chaqirtirib oldi.