TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni kimyo sanoatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda prezident ushbu sohada amalga oshirligan ishlar, istiqbolli loyihalar bilan tanishib, bo‘lajak rejalarni ham belgilab berdi.
Xususan, Shavkat Mirziyoyev ushbu kunga qadar kimyo sohasiga yirik investitsiyalar kiritilib, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish boshlanganini ta’kidladi va tarmoqning QQS to‘lash vaqti kelganini ma’lum qildi.
– Kimyo sanoatiga juda katta mablag‘ berdik. Energiya samaradorligi jihatidan texnologiyalar yangilandi. Endi bu tarmoq qo‘shilgan qiymat beradigan vaqt keldi. Juda katta imkoniyatlar bor. Agar har bir yo‘nalish bo‘yicha miqdorini, sifatini, narxini joy-joyiga qo‘ysak, eksport 5-6 barobar oshadi, – dedi prezident.
Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ushbu sohada 2021 - 2022-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ko‘plab istaibolli loyihalar bilan tanishdi. Ular bilan batafsil quyida tanishish mumkin.