TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Abdulaziz Kamilov Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH Tashqi ishlar vazirlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Yig‘ilish 2021-yil 1-2 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Tadbir ishtirokchilari xalqaro kun tartibi hamda Tashkilot doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashadilar.
Amaldagi hamkorlik dasturlari hamda MDH Davlatlar rahbarlari kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan yangi hujjatlar loyihalari muhokama qilinadi.