Figurali uchish bo‘yicha Rossiya yulduzlari Toshkentda shou dasturda ishtirok etadi

Toshkentda "Muz ustida chempionlar" shou o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Rossiyalik figurali uchish bo‘yicha murabbiy Eteri Tutberidze 25-aprel kuni Toshkentda "Muz ustida chempionlar" shousini namoyish etadi. Shou Humo Arenada bo‘lib o‘tadi.
Bunday miqyosdagi muz shousi O‘zbekistonda birinchi marotaba o‘tkaziladi.
Afisha shou "Chempioni na ldu"
Tutberidzening yulduzli shogirdlari, Rossiya terma jamoasining amaldagi figurali uchish bo‘yicha sportchilari chiqish qilishida.
Ishtirokchilar orasida - Olimpiya chempioni, jahon va Yevropa chempioni Alina Zagitova, ikki karra Olimpiya kumush medali sovrindori, ikki karra jahon chempioni Yevgeniya Medvedeva, 2021-yilgi jahon chempioni Anna Sherbakova, Kamila Valiyeva - o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni, Jahon kubogi kumush medali sohibi Elizabeta Tursinbayeva, Yevropa chempionati kumush medali sovrindori Alena Kostornaya, Yevropa chempionati kumush medali sovrindori Moris Kvitelashvili.