Yevropadagi holatlardan so‘ng AstraZeneca vaksinasi o‘z nomini o‘zgartirdi

Preparatning nomi vaksinani olgan odamlarda xavfli asoratlar yuzaga kelgani haqidagi xabarlar fonida yuz berdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. COVID-19ga qarshi ingliz-shved kompaniyasining mahsuloti bo‘lgan AstraZeneca vaksinasi 25-mart kuni o‘z nomini o‘zgartirdi. Preparat Vaxzevria nomini oldi, deb xabar qilingan Yevropa dorivor vositalar bo‘yicha agentligi saytida.
Shvetsiya tibbiy mahsulotlar agentligi portalida ta’kidlanishicha, bu o‘z ortidan boshqa o‘zgarishlarni olib kelmaydi, ammo vaksinalash bo‘yicha mutaxassislar nom o‘zgarganini bilishlari lozim, negaki mahsulot haqidagi ma’lumot, uning markirovkasi va qutisi boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.
Emmanuel Makron vaksinalar tufayli yangi jahon urushi avj olganini ma’lum qildi
Preparatning nomi vaksinani olgan odamlarda xavfli asoratlar yuzaga kelgani haqidagi xabarlar fonida yuz berdi.
Avstriyada ushbu vaksina bilan eslangan odamda ko‘psonli tromboz holatlari diagnostika qilindi va u preparat olganining o‘ninchi kunida vafot etgan. Yana bir bemor o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi bilan kasalxonaga yotqizildi.
Sal keyin shunga o‘xshash xabarlar boshqa yevropa mamlakatlaridan ham kelib tusha boshlagan.
YeIning ayrim davlatlari ehtiyotkorlik choralari sifatida ushbu preparatdan foydalanishni vaqtincha to‘xtatishga qaror qilishdi.
unyo bo‘yicha tarqalgan xabarlarga qaramay, vaksina ishlab chiqaruvchilari uning xavfsizligi va samaradorliligi haqida xabar berishgan. Uning afzalliklari va aholini himoyalashi preparat bilan bog‘liq ehtimoliy xatarlardan ancha ustun, deb ta’kidlashgan ular. Bundan tashqari, olimlar preparatning salbiy ta’sirlarini o‘rganishni davom etishmoqda, tromboz holatlari haqida ma’lumotlarni esa vaksina haqidagi umumiy ma’lumotlarga kiritishadi.