Turkiyada bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik qidirilmoqda - foto

Turkiyada bedarak yo‘qolgan 29 yoshli Fatxullo Ximmatov qidirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi, 1992-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Ximmatov Fatxullo Urin o‘g‘li qidirilmoqda.
2016 yilda Turkiya Respublikasiga ishlash maqsadida kelgan va shu kunga qadar Istanbul shahri Fotix tumanida joylashgan Kapalli Chorsu bozoridagi do‘konlarda sotuvchi bo‘lib ishlagan Ximmatov Fatxullo oxirgi martda 2021-yil 3-mart kuni uyidagilari bilan gaplashgan.
Raziskivayetsya Ximmatov Fatxullo Urin ugli
“U haqida biror ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan Istanbuldagi Bosh konsulxonaga yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Istanbuldagi vakiliga +90 (212) 323-20-37 raqami orqali zudlik bilan xabar berishlari so‘raladi”.