Toshkentda koronavirusga chalinganlar ko‘paymoqda - kecha yana 164 kishida aniqlandi

Toshkent shahrida bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida koronavairusga chalinish holatlari ko‘paymoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar - Sputnik. O‘tgan kun davomida O‘zbekistonda 196 nafar koronavirus infeksiyasi qayd etilgan yangi bemorlar aniqlardi. Zararlanganlar soni 82536 kishini tashkil etmoqda.
Yangi kasallarning aksariyati - 164 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan, - deyilgan xabarda.
Shuningdek 14 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryoda - 3 kishidar bemor aniqlangan.
Undan tashqari Namangan va Sirdaryo viloyatlarida 2 kishidan, Andijon, Jizzax va Samarqandda - 1 kishidanyangi bemor aniqlangan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1243 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Shu kunga qadar O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayib ketgan bemoralari soni 80667 kishini va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 %ni tashkil qilmoqda, deyilgan xabarda.