Rossiyada “Sputnik Layt” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi “Sputnik Layt” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi “Sputnik Layt” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
"Sputnik Layt" - Gamaleya markazi tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri infestitsiyalar fondi bilan hamkorlikda yaratilgan. Yaxshi o‘rganilgan inson adenovirusli vektorlari platformasida yaratilgan "Sputnik" vaksinalari lineykasiga kiradi.
Asosiy afzallik - samaradorlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yo‘qligi. Odam adenovirusiga asoslangan preparatlar 50-yildan ortiq vaqt davomida keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Aleksandr Ginsburgning qayd etishicha, davlatlarda "Sputnik Layt"dan foydalanish kasallanish pik darajasini tushirishga va mahalliy sog‘liqni saqlash idoralariga tushadigan yukni yengillatishga imkon yaratadi.
Koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lgan kishilarni, ularning immunitetini ko‘tarish maqsadida “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlash mumkin.
"Sputnik Layt" bilan emlanganidan keyin immunitet uch-to‘rt oy davomida saqlanib qoladi va uning samaradorligi taxminan 85% ni tashkil qiladi. "Sputnik Layt" vaksinasi aslida aholini tezkor emlash uchun yaratilgan.