Samarqandda ishlab chiqarilgan avtobuslar Turkistonda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi

SAZ LE60 avtobusi 56 yo‘lovchi (25 ta o‘rindiq) ga mo‘ljallangan. Turkistonda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga chiqqan avtobuslar qator qulayliklarga ega.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Samarqand avtomobil zavodi Qozog‘istonga modifikatsiyasi yangilangan SAZ LE60 avtobuslarining 30 tasini jo‘natdi.
Buyurtma bo‘yicha ishlab chiqarilgan dastlabki 20ta avtobus 20-martda Turkiston shahrida yo‘nalishlarga chiqarildi.
Yil boshida bu modifikatsiya YeOII Bojxona ittifoqining sertifikatini olgandi.
SamAvto MChJ QKning marketing va sotuvlar bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Ilhom Yarashevning so‘zlariga ko‘ra, bu Qozog‘istonga yetkazib berilgan birinchi partiya emas. SamAuto mahsulotlaridan Olmaota, Turkiston va Atirauda yo‘lovchilarni shahar bo‘ylab tashishda foydalanib kelinmoqda.
“Xalqaro hamkorlik yillarida jami turli modellardagi avtobuslarning Qozog‘istonga qilingan eksporti soni 900tani tashkil etdi, ulardan 300 tasi SAZ LE60 avtobuslariga to‘g‘ri keladi”, — deydi u.
SAZ LE60 Samarkandskogo avtomobilnogo zavoda popolnili avtobusniy park Kazaxstana
SAZ LE60 avtobusi 56 yo‘lovchi (25 ta o‘rindiq) ga mo‘ljallangan. Turkistonda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga chiqqan avtobuslar panduslar, yo‘l haqi to‘lashning elektron tizimlari, konditsionerlar, videokuzatuv kameralari va yo‘lovchilarga audioaxborot yetkazish tizimlari bilan jihozlangan.