Rossiyada migrantlar uchun “Gosuslugi” muqobili yaratiladi

Yangi tizim mehnat migrantlariga davlat xizmatlarini elektron tarzda olish imkonini beradi.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Rossiyada chet ellik fuqarolarning qayd etishning yagona axborot platformasini yaratish rejalashtirilmoqda. Bu haqda mamlakat IIV ma’lum qildi.
Yangi tizim mehnat migrantlariga davlat xizmatlarini elektron tarzda olish imkonini beradi.
Yagona platforma chet ellik fuqaroning huquqiy maqomi, uning biometrik ma’lumotlari, yashash va ish joyi to‘g‘risidagi axborotlarni ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi ko‘zda tutilmoqda.
Raqamli profil chet elliklarga ish beruvchilar bilan mehnat shartnomasini tuzish, o‘qishini tasdiqlash, soliq to‘lash va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishga imkon beradi. Shuningdek, tizimdan xorijliklarni Rossiyadan chiqib ketishi zarurligi haqida xabardor qilish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda.
Yagona axborot tizimini yaratish 2020-2022 yillarda davlat migratsiya siyosatini konsepsiyasini amalga oshirishga doir tadbirlar rejasiga kiritilgan. Tizimning ishga tushish muddatiga aniqlik kiritilmagan.