Emomali Rahmon Afg‘onistonga otlanmoqda

Emomali Rahmon birinchi qulay imkoniyat paydo bo‘lishi bilanoq Afg‘onistonga rasmiy tashirif bilan boradi.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Ashraf G‘ani taklifiga binoan Afg‘onistonga tashrif buyurmoqchi.
"Hurmatli og‘a, men sizning taklifingizni minnatdorlik bilan qabul qilaman va Afg‘onistonning qadimiy yeriga birinchi qulay imkoniyat paydo bo‘lishi bilanoq rasmiy tashrif bilan kelaman" , - dedi Rahmon.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Dushanbeda tojik-afg‘on muzokaralari bo‘lib o‘tgan edi va ular davomida G‘ani Emomali Rahmonni Afg‘onistonga rasmiy tashrif buyurishga taklif qilgan edi.
Ayni damda tashrif tafsilotlar tegishli diplomatik xizmatlar tomonidan tayyorlanmoqda, deyilgan xabarda.