Navoiyda aka-uka “o‘qrayib” qaragan haydovchini bir necha marta pichoqladi

O‘qrayib qarading deb “Malibu” haydovchisini pichoqlagan aka-ukalar sud oldida javob beradi.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Navoiy viloyatida fuqaroga pichoqcha bilan jarohat yetkazgan aka-ukalar ustidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Hodisa 25-mart kuni tungi soat 02:30larda Navoiy shahar I.Karimov ko‘chasida joylashgan “Amfiteatr” majmuasi qarshisida ro‘y bergan. 30 yoshli Jaloliddin N. va 27 yoshli Jamoliddin N. “Nexia-Ravon”da harakatlanib ketayotganlarida ular bilan yonma-yon harakatlanayotgan “Malibu” haydovchisi 28 yoshli Umid X.ga “nega o‘qrayib qaraysan” deb chekkaga to‘xtashgan.
Toshkent viloyatida er-xotinga o‘roq bilan hujum qilishdi
Keyin hech bir sababsiz o‘zaro janjallashishgan. Natijada Umid X.ning o‘ng oyoq son sohasiga pichoqcha bilan bir necha marotaba urib jarohat yetkazganlar.
Aka-ukalarga nisbatan O‘zbekiston JKning 277-moddasi 2-qismi “a, b, v” bandi (Bezorilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan sovuq qurol bilan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda