TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Kamilov u yerda “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” muloqotining to‘qqizinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etadi.
Forumda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga yordam berish maqsadida xavfsizlikni ta’minlash hamda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilinadi.
Shuningdek, ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash choralarini kuchaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.