O‘zbekistonda birinchi galda kimlar emlanadi

O‘zbekistonda ommaviy emlash tadbirlari 1-apreldan boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoniga tayyorgarlik ishlari oxiriga yetkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Atabekov mazkur jarayonlarning borishi haqida ma’lumot berdi.

“O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari 2021-yilning 1-aprelidan boshlanadi. Birinchi galda 65 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan shaxslar va tibbiyot xodimlari emlanishi rejalashtirilmoqda”,

Nurmat Atabekov
Albatta, bunda tibbiyot xodimlarining barchasi emas, aynan koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lish orqali kasallikni yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlar, xususan:
koronavirusni davolashga ixtisoslashgan maxsus shifoxonalar;
tez tibbiy yordam tizimi;
shoshilinch tibbiy yordam tizimi;
yuqumli kasalliklar shifoxonalari;
koronavirus tashhisoti laboratoriyalari;
birlamchi bo‘g‘in, ambulatoriya va poliklinika xizmati xodimlari emlanishi kutilmoqda.