Pashinyan aprelda iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Armaniston bosh vaziri aprel oyida iste’foga chiqadi.
Sputnik
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan aprel oyida iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar qilmoqda.
“Aprel oyida iste’foga chiqaman. Lekin ketish uchun emas, balki navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tishi uchun. Bu vaqt davomida bosh vazir vazifasini bajaraman”, - dedi Pashinyan Armavir viloyati aholi bilan uchrashuv vaqtida.
Pashinyan Armanistondan qochmoqchimasligini aytdi - bosh vazir chiqishidan asosiy iqtiboslar
Muxolifat u Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzolagandan so‘ng o‘tgan yilning noyabr oyidan buyon bosh vazir iste’foni talab qilib, norozilik namoyishlarini o‘tkazib keladi.
18 mart kuni Pashinyan mamlakat prezidenti va uch partiya yetakchilari bilan siyosiy maslahatlashuvlardan keyin navbatdan tashqari parlament saylovlari 20-iyun kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan.