Meksikada samolyot halokatga uchrashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Yengil motorli samolyot Ermosilodan Amerikaning Arizona shtatidagi Tuson shahriga parvoz qilayotgan bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Meksikaning Sonora shtatida samolyot halokatga uchrashi oqibatida oli kishi halok bo‘ldiyu Bu haqda shtat prokuraturasi o‘zining Twitter sahifasida xabar qildi.
Hodisa Ermosilo shahrida ro‘y bergan. Cessna 401 yengil motorli samolyot Ermosilodan Amerikaning Arizona shtatidagi Tuson shahriga parvoz qilayotgan bo‘lgan.
Olmaota yaqinida harbiy samolyot halokatga uchradi: to‘rt kishi qurbon bo‘ldi
“El Heraldo de México” nashrining xabar berishicha, halok bo‘lgan orasida Sonora hukumati amaldori va uning onasi ham bor.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot elektr uzatish tarmog‘i bilan to‘qnashgan. To‘rt kishi hodisa joyida. Jumladan, uchuvchi vafot etgan. Yana ikki kishi jabrlangan. Natijada ikki nafar jabrlanganlar ham hayotdan ko‘z yumgan.