Toshkentda eksperiment tarzida pulli parkomatlar tashkil etiladi - tafsilotlar

Toshkent shahrining 10 ta markaziy ko‘chasida pulli avtomobil to‘xtash joylari (parkomatlar) sinov tariqasida tashkil etiladi — hukumat qarori loyihasi.
Sputnik
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. "Toshkent shahri markaziy ko‘chalarida pulli avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish to‘g‘risida" O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining Qaror loyihasi e’lon qilindi.

To‘lov tizimi

Hokimlik tomonidan tashkil etilgan parkomatlarda pulli avtomobil to‘xtash joyiga joylashtirish narxlari aholining zichlik darajasi va shahar ko‘chalarining qatnov qismlarini o‘tkazish qobiliyatini hisobga olgan holda hokimlik tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan narxlarni belgilash me’zonlari va tartibiga asosan belgilanadi;
Toshkentda zamonaviy ko‘p qavatli parkovkalar quriladi
Narxlarni belgilash me’zonlari va tartibi O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan parkomatlarda avtomobil to‘xtash joyiga joylashtirish narxi va eng kam hisob-kitob vaqti davlat-xususiy sheriklik shartnomasiga asosan belgilanadi;
Parkomatdan foydalanganlik uchun haq to‘lash avtomobil to‘xtash joylari talonlari va (yoki) shartnoma asosida naqd va naqd bo‘lmagan shaklda amalga oshiriladi;
Haq to‘lash uchun foydalanuvchi avtomatik elektron to‘lash texnik vositalaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi;
Foydalanuvchi parkomatlardan foydalanganlik uchun to‘lovni oldindan shartnoma asosida naqd va naqd bo‘lmagan shaklda elektron tizimlari yoki mobil ilovalar yordamida amalga oshirishi lozim. Bunda foydalanuvchi parkomat o‘rnatilgan joydan 10 daqiqa mobaynida bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladi;
To‘lovni amalga oshirishda foydalanuvchi avtomobilning davlat raqami, avtomobil to‘xtash joyiga kelgan sanasi va vaqtini, to‘xtash joyi nomini (raqamini), avtomobilni qancha muddatga joylashtirishini ko‘rsatadi;
Turkiya Toshkentda pulli parkovkalarni joriy etishda yordamlashadi
Foydalanuvchi parkomatdan foydalanishi uchun oldindan avtomatik ravishda avtomobil to‘xtash joyi talonini oladi;
Talonda avtomobilning davlat raqami, foydalanuvchi parkomatga kelgan sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Bu avtomobilni vaqtinchalik joylashtirish uchun foydalanuvchi va parkomatning egasi o‘rtasida tuzilgan ommaviy shartnoma hisoblanadi;
Foydalanuvchi avtomobilni saqlash uchun parkomatda to‘langan muddat o‘tgandan so‘ng avtomobilni olib chiqib ketishi yoki keyingi muddatga to‘lovni o‘rnatilgan tartibda amalga oshirishi kerak bo‘ladi;
Foydalanuvchi avtomobil to‘xtash joyi talonini qo‘liga olgach, uni avtomobil asboblar panelida nazoratchi ko‘rishi uchun qulay joyga qo‘yishi shart bo‘ladi. Avtomobil to‘xtash joyi taloniga pulli avtomobil to‘xtash joyi uchun to‘langan vaqt haqida axborot (avtomobil to‘xtash joyi narxi – 1 soat, 1 soat 30 daqiqa va hokazo), talondan foydalanilgan sana va vaqt kiritilgan bo‘lishi kerak;
Har qanday transport vositasini to‘g‘ri parkovka qilish kerak
Parkomatlardan pulli foydalanish vaqti hokimlik tomonidan belgilanadi;
Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan parkomat ish rejimi hamda daromadlarning (foydaning) taqsimlanishi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda kelishilgan tartibda belgilanadi;
Parkomatlardan bepul foydalanish huquqi faqat I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar boshqarayotgan old va orqa oynalariga “7.17” yo‘l belgisi tasviri tushirilgan avtomobillarga hamda maxsus (Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, yong‘in xavfsizligi xizmati, tez tibbiy yordam) avtomobillarga ular bevosita avtomobil to‘xtash joyi hududida o‘z xizmatlarini o‘tayotgan vaqtda beriladi.