O‘zbekiston va Qirg‘iziston kelishuvi: qaysi uchastkalar Bishkek ixtiyoriga o‘tdi? Tashiyev bayonoti

Qirg‘iziston milliy xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Toshkentda tomonlar qaysi shartlarga ko‘ra o‘zaro bitimga kelganliklari haqida batafsil to‘xtaldi.
Sputnik
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev 24-25 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalarining uchrashuvlari natijalariga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazdi.
Matbuot-anjumanida ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradagi baxsli uchastkalar masalasini to‘liq hal qilgan.
O‘zbek-qirg‘iz chegarasi masalasi 100 foizga hal qilindi, bahsli hududlar yo‘q – Tashiyev
Qirg‘iziston milliy xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Toshkentda tomonlar qaysi shartlarga ko‘ra o‘zaro bitimga kelganliklari haqida batafsil to‘xtalgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 25-26 mart kunlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripov 25-mart kuni Toshkentga kelgan edi.
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, Kampirobod suv omborining to‘g‘oni O‘zbekiston ixtiyoriga o‘tgan, lekin suv omboridan birgalikda foydalaniladi.
- O‘zbekiston tomoni tomonidan Qirg‘iziston fuqarolarining suvga va undan foydalanishga bepul va to‘siqsiz kirishini ta’minlaydi - bu sug‘orish, baliq ovlash va boshqalar;
O‘zbekiston tomoni suv ombori havzasi atrofida muhandislik inshootlarini o‘rnatmaslikni o‘z zimmasiga oladi.
Chashma bulog‘idan ham birgalikda foydalanish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv tayyorlanadi. Bundan tashqari, qator uchastkalar bo‘yicha yer almashuvlari amalga oshiriladi. Demarkatsiya va delimitatsiya bo‘yicha hujjatlar parlamentlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak.

Qaysi yerlar Qirg‘iziston ixtiyoriga o‘tdi?

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonga 8 ming gektar yer ajratilgan. Endilikda ikki davlat o‘rtasida bahsli hududlar bo‘lmaydi, deya ishontirgan Tashiyev.
Qirg‘iziston MXDQ rahbari Qirg‘iziston ixtiyoriga o‘tgan uchastkalarni sanab o‘tgan.
"Ko‘k-Serek uchastkasidagi 105 gektar yer, Ola-Buqa tumani Boyoston hududidagi 212 gektar yer bizning tomonga topshirildi.
Bundan tashqari biz Qora-Suv tumanidagi Oq-tosh uchastkasida 100 gektar joyni oldik. Qirg‘izistonga Unqur-Tog‘ning 35 gektari topshirildi.
Aniqrog‘i, Unqur-Tog‘ to‘laligicha bizga o‘tmoqda. Qora-Beles uchastkasining 25 gektari bizning nomimizga o‘tkazildi. Bizning nomimizga o‘tkazildi deganimda, shuni nazarda tutumanki, Qora-Beles ilgari O‘zbekistonga berilgan edi, hozir esa biz uni qaytarib olganimizni nazarda tutmoqda.
Bularning barchasi ug‘oriladigan, qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga ega yerlar. Shu tarzda bu uchastkalarning barchasi Orto-Toqay suv ombori evaziga bizni nomimizga o‘tdi", — dedi Tashiyev.
Davlat qo‘mitasi raisi O‘rta To‘qay suv ombori Qirg‘iziston hududida qolayotganini qayd etib o‘tgan.
Toshiyevning aytishicha, qariyb 8 ming gektar yer Qirg‘izistonga o‘tmoqda.
"Jalolobod va Namangan viloyatlari o‘rtasida Gavasoy uchastkasi bor. Bu yerda 5-6ta qirg‘iz qishloqlari va ularning yaylovlari joy olgan. Bu yerda muntazam ravishda qurolli mojarolar yuz berar edi. Endilikda bu uchastka Qirg‘iziston tomoniga o‘tmoqda, mojarolarga barham berildi.
O‘zbekistonga Shahri-soy uchastkasidan 50 gektar joy ajratildi. Lekin buning evaziga biz O‘zgan tumanidan 50 gektar yer olyapmiz”, - deya xulosa qilgan Tashiyev.
O‘zbekiston ixtiyoriga hosilsiz yerlar o‘tapti, deb qo‘shimcha qilgan u.