O‘zbekiston maktablarida IV chorak qachondan boshlanadi - XTV javobi

XTV shuningdek O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda gibrid shakldagi ta’limga ruxsat etilganligini eslatib o‘tgan
Sputnik
TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Maktablarda 4-chorak 29-martdan boshlanadi, deb xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi matbuot-xizmati.
2021 yil 20-mart kuni 2020-2021 o‘quv yilining bahorgi ta’tilining birinchi kuni hisoblanishi haqida avvalroq xabar qilingan edi.
SSV: 1-apreldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatiladi
"Hozirda yurtdoshlarimizdan bahorgi ta’til uzaytirildimi degan juda ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Mazkur savolga javoban Xalq ta’limi vazirligi bahorgi ta’til 28-martgacha davom etishi, 4-chorakning ilk kuni 29-mart ekanligini yana bir bor ma’lum qiladi", - deyiladi xabarda.
XTV shuningdek O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda gibrid shakldagi ta’limga ruxsat etilganligini, qaysidir maktab yoki hududdagi epidemiologik vaziyatga qarab maktab karantinga yopiladigan bo‘lsa, ushbu maktab o‘quvchilari vaziyat barqarorlashguniga qadar vaqtincha ta’limni onlayn shaklda davom ettirishi mumkinligini eslatib o‘tgan.