Birinchi kun: o‘zbek sambochilari - 1ta oltin va 3ta kumush medal

Jahon kubogining ilk kunida bitta oltin va 3ta kumush medal qo‘lga kiritildi
Sputnik
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Moskvada sambo bo‘yicha “Memorial Xarlampiyev” nomli jahon kubogi bahslari boshlandi.
Kecha musobaqaning dastlabki kungi bahslari tashkil etildi va unda o‘zbekistonlik 4 nafar sportchi shohsupaga ko‘tarildi.
Jangovar sambo musobaqasida Bahodir Bakiyev (-58 kg) barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, Xomidjon Mo‘minov (sportcha sambo, -64 kg), Dilshod Choriyev (sportcha sambo, -98 kg) va Hakimjon Ismoilovlar (jangovar sambo, +98 kg) finalgacha yetib borishdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Bugun musobaqalar davom ettiriladi.