O‘zbek-qirg‘iz chegarasi masalasi 100 foizga hal qilindi, bahsli hududlar yo‘q – Tashiyev

Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasi masalasi 100 foizga hal qilindi - Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi.
Sputnik
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi masalasi 100 foizga hal qilindi, dedi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
Bugun O‘zbekiston bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etdi.

"Biz juda murakkab masalalarni ko‘rib chiqdik. Endi hech qanday bahsli hududlar yo‘q, masala 100 foizga hal qilindi",

Kamchibek Tashiyev
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi
Eslatib o‘tamiz, qirg‘iz-o‘zbek chegarasining 15 foizga yaqini delimitatsiya va demarkatsiya qilinmagandi. Bahsli hududlar vaqti-vaqti bilan chegaraoldi hududlarda mojarolar yuz berib turgan.