Rossiyaning eng yirik poyabzal sotuvchisi O‘zbekistonda zavod quradi

Kari O‘zbekistonda yiliga 10 million juft poyabzal ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Oyoq kiyimlari ham natural ham sun’iy teridan ishlab chiqariladi.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Rossiyaning eng yirik poyabzal sotuvchi do‘konlar tarmog‘i O‘zbekiston zavod ochadi, deb xabar qilmoqda "O‘charmsanoat" assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Yangi korxona to‘liq xorijiy investitsiyalar asosida quriladi. Uni bir yil ichida ishga tushirish rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda korxona yiliga 10 million juft oyoq kiyimi ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Mahsulot to‘liq eksportga yuboriladi. Korxonada 1000dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.
"O‘zcharmsanoat", xabarda aytilishiga ko‘ra, Korxona eng zamonaviy texnika bilan jihozlangan bo‘ladi va ham natural teridan ham sun’iy teridan poyabzal ishlab chiqaradi.
Kari 2012-yilda tashkil qilingan bo‘lib, bugungi kunda Rossiyaning 5ta eng yirik poyabzal savdo tarmog‘iga kiradi. 2020-yil oxirida Kari Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston va Polshaning 300ta shahrida 1,3 mingdan ortiq savdo nuqtalariga ega bo‘lgan.