TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘zaro elektr energiyasini yetkazib berishga kelishib oldi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston mamlakat Energetika va sanoat vazirligi matbuot xizmatiga asosan.
Ta’kidlanishicha, 2021-yil martdan oktabrgacha va 2022-yil mart-aprel oylarida Qirg‘izistonga 750 million kilovatt-soatgacha elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Bunday chora-tadbirlar To‘qto‘g‘ul suv omborida suv to‘plash va uni 2021–2023 yillarda o‘sish mavsumida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi iste’molchilariga yetkazib berish maqsadida amalga oshiriladi.
Qirg‘iziston iyun-avgust oylarida xuddi shunday miqdordagi elektr energiyasini qaytarib beradi.
Avvalroq energetika vaziri Kubanichbek Turdubayev To‘qto‘g‘ul suv omboridagi suv sathi xavfli darajaga yetganini aytgandi.