O‘zbekiston hukumati qishloqlardagi hayot tarzini yaxshilashga 21 trillion so‘m yo‘naltiradi

Prezident bunaqa imkoniyat O‘zbekiston tarixida bo‘lmagani, lekin bu pulni loyiha bilan, halol-pok ishlatib, elga munosib sharoit yaratish kerakligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. 2021 yilda“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarinini amalga oshirishga 21 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
“Bu yil mazkur dasturlar doirasidagi ishlarga jami 21 trillion so‘m yo‘naltirilishi qayd etildi”, - deyilgan xabarda.
Prezident bu mablag‘lar tashqi qarz jalb etmasdan ajratilayotganini ta’kidladi.
Bunaqa imkoniyat O‘zbekiston tarixida bo‘lmagan. Lekin bu pulni loyiha bilan, halol-pok ishlatib, elga munosib sharoit yaratish kerak.
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti
Prezidetning 2018-yildagi farmonlari bilan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari qabul qilingan edi. Ushbu dasturlar doirasida 5 millionga yaqin fuqarolar yashaydigan 1 ming 200 ta mahalla va qishloqdagi sharoitlar yaxshilandi. Lekin o‘tgan yili koronavirus pandemiyasi tufayli bu boradagi ishlar vaqtincha to‘xtatilgan edi.