Koronavirus: O‘zbekistonda yangi yildagi antirekord va yana bir qurbon

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81816 (+138) nafarni tashkil etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Kecha koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich yil boshidan beri rekord darajaga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
“2021 yil 24-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81816 (+138) nafarni tashkil etmoqda. Bu esa yil boshidan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkichdir”, - deyilgan xabarda.
Yangi kasallanganlarning 3 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida, 2 nafari Samarqand viloyatida, 20 nafari Toshkent viloyatida, 111 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bir oydan ko‘proq vaqt o‘tib O‘zbekistonda yana kovid qurboni qayd etildi
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 624 nafarga etdi.
Kasallikdan jami 80143 (+98) kishi sog‘aygan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1049 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.