Amerika senati birinchi marta transgenderni yuqori lavozimga tasdiqladi

O‘tmishda Levin o‘zini erkak sifatida identifikatsiya qilgan, uylangan va ikkita farzandi bo‘lgan. Ammo 2011-yilda jinsini o‘zgartirgan va 2013-yilda oilasidan ajrashgan.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Senati transgender-ayol Reychel Levinni sog‘liqni saqlash vaziri yordamchisi lavozimiga tasdiqladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
HRW: O‘zbekistonning yangi Jinoyat kodeksi LGBT huquqlarini himoya qilishi kerak
Reychel Levin Amerika tarixida federal darajadagi yuqori lavozimni egallagan birinchi transgender bo‘ldi.
Amerika qonun chiqaruvchi organi yuqori palatasi xabariga ko‘ra, Levin uchun 52 nafar qonun chiqaruvchi ovoz bergan, qarshilar soni - 48 tani tashkil qilgan.
O‘tmishda Levin o‘zini erkak sifatida identifikatsiya qilgan, uylangan va ikkita farzandga ega bo‘lgan. Ammo 2011-yilda jinsini o‘zgartirgan va 2013-yilda oilasidan ajrashgan.